148
o‘chmasday qildi. Shu xatni mayna qushning bo‘yniga
mahkam boylab, tushib qolmasday qilib, maynaga necha
bir so‘zlarni tayin qilib, mayna jonivor ham oqshom uch-
moqqa taraddud qilayotir.
Beklar
minar bedov otning sarasin,
Yaxshi tulpor uzoq yo‘lga yarasin.
Qichay berdi jonvor mayna g‘ayratman,
Sahar vaqti oldi Chambil qorasin.
Uchmoqdan maynada armon qolmadi,
Biror yerda mayna damin olmadi.
Borib qo‘ndi bir hovlining ustiga
Har paridan chakillab ter tomadi.
Sahar vaqti xon Dalli yolg‘iz bolasi, ko‘zining oq-u
qorasi …Ravshan bolasini sog‘inib, dalaga chiqib bora
turib: «Boy Ravshan!» – dedi. Buni jonivor mayna eshitib,
shul ayol Ravshanbekning enasi ekanligini bilib, bir qaqir-
lab, qattiq sayradi. Buni xon Dalli eshitib, maynaga qarab,
bolasini so‘rab, bir so‘z deb tururi:
Sahar vaqti, mayna gulday jaynading,
Osoyishta
tanda jonim qiynading,
Hayron qoldim dovushingdan, maynajon,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Sen
bunday sayraysan, jonim olasan,
Meni endi har xayolga solasan,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Joningni achitib dovush qilasan.
…Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga,
Mayna yetdi talab qilgan eliga.
O‘tirgan
joyidan uchib shu mayna
Kelib qo‘ndi xon Dallining qo‘liga.
Xon Dalli qarasa, qushning dodi bor,
Ko‘p uzoqdan qistagan holati bor.
149
Xon Dalli qo‘liga olib qarasa,
Maynaning bo‘ynida arza xati bor.
Dostları ilə paylaş: