151
shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari
bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta yozganidek, mafiyani
bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo‗lgan va bitim tuzish
imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida
bunday holat o‗rin tutadi) ishonchni tug‗dirish, reklama qilish va sotish bilan
shug‗ullanuvchi alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek,
ishonch yuqori bo‗lmagan sharoitda amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan
istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik
moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e‘tibor qaratiladi. Tovar sifatida
ishonchning o‗ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni
g‗ayrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do‗stona yoki mijozlik aloqalari
sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan,
mafiyaning iqtisodiy faoliyatini yoritish uchun ko‗pincha mafiyaning oilaviy
aloqalari asosida tashkil etiladigan «tarmoq» tushunchasidan foydalaniladi. Aynan
o‗zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi tarmoqlar doirasida «o‗zlariniki»
o‗rtasida yuqori ishonch salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy
faoliyati amalga oshiriladi.
Bitimlar bo‗yicha hamkorlarni «o‗ziniki» va «begona» toifasiga bo‗lish
prinsipial jihatdan muhim, bu Еrda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida
boradi. «O‗ziniki» doirasida sha‘n va obro‗ga birgalikdagi sa‘y-harakatlar orqali
erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O‗ziniki» va
«begona» o‗rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‗lishi muqarrar, ishonch esa
dushmanlik va zulmga o‗z o‗rnini bo‗shatib beradi. Xatti-harakatning ikki yoqlama
standarti mantig‗iga yana bir muhim me‘yor – mahfiylik kiritiladi. Ushbu me‘yor
tashqi olam bilan, ayniqsa, davlat vakillari bilan munosabatlarda to‗liq yopiqlikni
belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to‗liq ochiqlik va oila a‘zolaridan
faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt
jim turishadi.
Dostları ilə paylaş: