Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Transaksiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

5.1. Transaksiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan
Kouz-Uilyamson yondashuvi 


103 
Transaksiya xarajatlari tushunchasini qo‗llagan holda dastlabki tadqiqotlar 
R.Kouz tomonidan firmalar faoliyatini tahlil qilish uchun o‗tkazilgan
1
. Bunga 
1960-yillarda sanoati rivojlangan Еtakchi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarning keskinlashuvi sabab bo‗lgan. Yagona xo‗jalik tizimini yaratishga 
bo‗lgan intilish, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mulkning yangi turlari
masalan intellektual mulkning paydo bo‗lishi, mulk huquqlarining alohida 
vakolatlarga bo‗linib ketishi – bularning barchasi transaksiya xarajatlarining 
sezilarli darajada o‗sishiga olib keldi. 
Transaksiya xarajatlari nazariyasi doirasida o‗tkaziladigan tadqiqotlarni 
mikro va makrodarajalarga bo‗lish mumkin. Mikrodarajada gap jarayonlarni 
korxona (firma), alohida iqtisodiy sub‘yektlar darajasida tahlil qilish haqida
makrodarajada esa umuman iqtisodiy tizimni tahlil qilish haqida boradi. Ushbu 
tahlil qilish belgisiga muvofiq transaksiya xarajatlari nazariyasida ikkita 
yondashuv mavjudligini izohlash mumkin: birinchisi, Kouz – Uilyamsonning 
transaksion yondashuvi (barqaror faoliyat ko‗rsatuvchi institutlarni tahlil qilish 
uchun) va ikkinchisi Nortning transformatsion yondashuvi (institutsional 
o‗zgarishlarni tahlil qilish uchun). 
Bunday yondashuvlar o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan mamlakatlarda 
transformatsion jarayonlarning institutsional jihatlarini tadqiq etish imkonini 
beradi. Xususan birinchi yondashuvni davlat va xususiy mulkchilik tuzilmalarining 
samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, norasmiy institutlarning shakllanish 
jarayonlarini, jamiyat va iqtisodiyotning kriminallashuvini izohlash uchun
ikkinchi yondashuvni esa buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga 
o‗tishning institutsional sabablarini, o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan 
mamlakatlarda islohotlar jarayonlarining borishi va natijalarini tahlil qilish uchun 
qo‗llash mumkin. 
Transaksiya xarajatlarini iqtisodiy tahlilga kiritish, R.Kouzning fikriga 
ko‗ra, bozorga qarama-qarshi bo‗lgan firma kabi o‗zini-o‗zi ongli ravishda nazorat 
1
Қаранг: Коуз Р. Фирма, рынок и право. – М.: Дело, 1993. – 143 с. 


104 
qilish imkoniga ega bo‗lgan ―orolchalari‖ning mavjud ekanligini tushuntirish 
uchun zarur bo‗lgan.
O‗zining ―Firma tabiati‖, deb nomlangan maqolasida (1937) R.Kouz 
transaksiya xarajatlarini ―narxlar mexanizmidan foydalanish xarajatlari‖, ―ochiq 
bozorda almashuv transaksiyalarini amalga oshirish xarajatlari‖ yoki ―bozor 
xarajatlari‖ sifatida belgilagan. Keyinchalik ―Ijtimoiy xarajatlar muammosi‖ 
maqolasida (1960) R.Kouz ―bozor transaksiya xarajatlari‖ iborasidan foydalangan. 
Ularning mohiyatini u quyidagicha ifodalagan: ―bozor transaksiyasini amalga 
oshirish uchun kim bilan bitim tuzish ma‘qulligini aniqlab olish, kim bilan va 
qanday shartlarda bitim tuzishni istayotganligi haqida barchaga ma‘lum qilish 
zarur, dastlabki muzokaralarni o‗tkazish, shartnomani tayyorlash, shartnoma 
shartlarining bajarilishiga ishonch hosil qilish uchun ma‘lumotlarni yig‗ish va 
hokazolar‖
1

Ammo, iqtisodiyot adabiyotida ―transaksiya xarajatlari‖ iborasi mustahkam 
o‗rin egallagan. Bunda transaksiya xarajatlariga berilgan quyidagi ta‘rif keng 
tarqaldi: ―transaksiya xarajatlari – axborotni yig‗ish va qayta ishlash xarajatlari, 
muzokaralar olib borish va qarorlar qabul qilish, shartnomaning bajarilishini 
nazorat qilish va yuridik himoyalash xarajatlari‖. 
Ilmiy manbalarda berilgan ta‘riflarga muvofiq transaksiya xarajatlarini 
quyidagi tarzda tasniflash mumkin: 
1) axborotni izlash xarajatlari (narxlar, mavjud tovarlar, Еtkazib beruvchilar 
va iste‘molchilar to‗g‗risida axborotni yig‗ish va qayta ishlash uchun sarflangan 
vaqt); 
2) muzokaralar olib borish xarajatlari; 
3) almashuvga kirgan tovarlar va xizmatlarning miqdori va sifatini o‗lchash 
xarajatlari; 
4) tafsirlash va mulkiy huquqlarni himoyalash xarajatlari; 
1
Коуз Р. Фирма, рынок и право. – М.: Дело ЛТД, 1993. –С. 8-9. 


105 
5) opportunistik xatti-harakatdan himoyalash xarajatlari, bunda bitim 
shartlarini buzuvchi yoki bir tomonlama foyda olishga yo‗naltirilgan noinsoflik 
xatti-harakat tushuniladi. 
Transaksiya xarajatlarini tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlar 
mavjud. Tasniflashni bitimni tuzish bosqichlariga muvofiq amalga oshirgan 
ma‘qul. O.Uilyamson transaksiya xarajatlarini bitim tuzilguncha va bitim 
tuzilganidan so‗ng yuzaga keladigan xarajatlar, deya ta‘riflaydi. Agar sherikni 
qidirib topish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, bitimning bajarilishini nazorat qilish 
bitim tuzishning bosqichlari sifatida ajratilsa, u holda transaksiya xarajatlarini 
tasniflash quyidagi 5.1.1-jadval ko‗rinishga ega bo‗ladi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin