292
uchun xodimning mansabda ko‗tarilishi korxonadan boshlanib bankda yoki
hamkor firmada davom etishi mumkin va aksincha.
Yaponiya korporatsiyasi agentlar ittifoqi tomonidan nazorat qilinadi, bu
firmaning maqsadli funksiyasini o‗zgartiradi: foydani ko‗paytirish uning
maqsadlari iЕrarxiyasida endi daslabki o‗rinni egallamaydi. Firma tomonidan
nazorat qilinadigan bozor ulushining uzluksiz o‗sishini ta‘minlash birinchi o‗rinda
turadi, chunki bunday o‗sish tashkiliy o‗zgartirish, tuzilmani kengaytirish va
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.O‗sish uni ta‘minlaganlarni mukofotlaydi, -
tamoyili aynan yapon firmalariga nisbatan to‗g‗ri, ularda tashkiliy o‗zgartirish
darajalarining sonini oshiradi va, demak, uning xodimlarining mansabdagi
o‗sishini yaxshilaydi. Boshqacha aytganda, aksiyadorlarni ham, xodimlarni ham
nazorat qilish ishlab chiqarish va sotuv hajmini oshirish orqali firmani tashkiliy
yuqori rentani oshirishga yo‗naltiradi: faqat ana shunday maqsad turli
mulkdorlarning manfaatlarini tenglashtiradi.
J
firmaning uning asosiy hamkorlari – o‗zaro bog‗liq korxonalar va davlat
bilan o‗zaro munosabatlariga to‗xtaladigan bo‗lsak, har bir firma kvazidoimiy
o‗zaro bog‗liq korxonalar – «keyretsu» doirasiga ega. Bunda «Toyota» xilidagi
yirik korporatsiyalarda o‗zaro bog‗liq korxonalar bosh firma atrofida uchta qatorga
guruhlanadi. Birinchisi – eng barqaror firmalar (neoklassik shartnoma asosida
ishlovchi bunday o‗zaro bog‗liq korxonalarning soni «Toyota»da 122 ta),
ikkinchisi – bozordagi vaziyat tubdan o‗zgargan holatda ular bilan munosabatlar
uzilishi mumkin bo‗lgan (5437 ta) firmalar, uchinchisi - qisqa muddatli
shartnomalar asosida ishlovchi Еtkazib beruvchilardan (41703 ta firma) tarkib
topadi. «Keyretsu»ni tuzishda o‗zaro bog‗liq korxonalarning nufuzi asosida
transaksiya xarajatlarini tejash omiliga xatarni bo‗lish omili qo‗shimcha qilinadi:
bozor kon‘yunkturasining asosiy ta‘sirini ikkinchi va ayniqsa uchinchi qator
tarkibidagi o‗zaro bog‗liq korxonalar o‗zlarida his etishadi.
Davlat bilan munosabatlarga kelsak,
Dostları ilə paylaş: