6.
Mulk-talab.
Sarmoyador rolining ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan
bog‗liqki, tadbirkorlik faoliyati yukini ko‗tarishni istamagan holda, u istar-istamas
ushbu faoliyat bian bog‗liq mulkni yo‗qotish xatarini o‗z zimmasiga oladi. O‗z
navbatida, bu mulkdan oladigan daromadning ikkita tarkibiy qismni o‗z ichiga
oladi: cheklangan resurs uchun to‗lov va xatar uchun to‗lov.
Sarmoyador rolining ushbu ikki taraflamaligi oqibati – yana bir bo‗linish:
ishtirokchi roli va kreditor roli, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish maqsadini
ko‗zlovchi sarmoyador va mulkni yo‗qotish xatarini kamaytiruvchi sarmoyador
rolining paydo bo‗lishi.
Ishtirokchi
– bu mol-mulkka nisbatan mulkchilik huquqidan jamiyatga
nisbatan talab huquqi evaziga voz kechuvchi iqtisodiy agent. O‗z navbatida
190
jamiyatning o‗zi va uning mol-mulki emas, balki xo‗jalik jamiyatiga nisbatan
majburiyat huquqlari ishtirokchining mulki hisoblanadi.
Ishtirokchining shaxsiy maqsadi – jamiyatning foydasida ishtirok etishdan
iborat. Tegishlicha u bu bilan bog‗liq xatarlarning bir qismini o‗z zimmasiga oladi.
Natijada mazkur loyihalar xatarlarini ko‗plab ishtirokchilar o‗rtasida taqsimlash
asosida o‗ta qimmat va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‗ladi.
Ishtirokchining ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi, shu tariqa, xatarlar va javobgarlik
dispersiyasidan iborat.
Kreditor.
Agar sarmoyador – bu tadbirkorlik rolidan voz kechgan kapitalist
bo‗lsa, u holda kreditor – bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog‗liq xatarlardan voz
kechgan sarmoyadordir. Professional moliyaviy vositachilardan foydalanish esa
xatarlarni pasaytirish usuli hisoblanadi.
7.
Mulk-aksiya.
Jamiyatning ko‗p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo‗jalik
faoliyati natijalari uchun javobgarlikning, balki boshqaruvchilar tomonidan
ishtirokchilar
ishonchining
suiiste‘mol
qilinishi
imkoniyatining
ham
taqsimlanishini yuzaga keltiradi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy rol paydo bo‗ladi:
nazoratchi – xo‗jalik jamiyatiga nisbatan alohida funksiyalarni: jamiyat mol-mulki
va daromadlarining tasarruf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uning
ishtirokchisi.
Nazoratchining shaxsiy maqsadi xo‗jalik jamiyatini kapitallashtirishning
o‗sishiga erishishdan iborat.
Aksiyador
. Jozibadorligini yo‗qotayotgan biznesdan chiqish ham xo‗jalik
jamiyatlarining faoliyati bilan bog‗liq xatarlarni soddalashtirish usuli hisoblanadi.
Ushbu imkoniyat jamiyatda ishtirok etishning alohida vositasi – aksiyalarning
paydo bo‗lishi bilan ta‘minlanadi.
Rasmiy jihatdan aksiyalar o‗z egalariga jamiyatga nisbatan majburiyat
huquqlarini, xususan: boshqaruv organlarida ishtirok etish huquqi, jamiyat
foydasining bir qismini olish huquqi va jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-
mulkining bir qismiga ega bo‗lish huquqini beruvchi qimmatli qog‗ozlarni o‗zida
namoyon etadi (qarang: 7.4.1-rasm).
|