Ko‘p pag‘onali mulkchilik ning vujudga kelishi mulkdor vakolatlarining
turli xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar o‗rtasida taqsimlanishi jarayonini o‗zida
namoyon etadi.
Ko‘p pag‘onali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
a) mol-mulk va hokimiyatning ajratilmaganligi;
b) mol-mulk uchun to‗liq huquqlariga ega bo‗lgan shaxslarning mavjud
emasligi;
v) mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etishning xizmat
xususiyati;
g) ular o‗rtasida mulkchilik vakolatlari taqsimlanadigan sub‘yektlar
o‗rtasidagi tobelik munosabatlari;
d) mehnat sharoitlarining ishlab chiqaruvchilarga biriktirilishi.
Ta‘kidlash lozimki,
ko‘p pag‘onali mulkchilik instituti barcha xo‗jalik
yurituvchi sub‘yektlarning mehnat sharoitlarini tasarruf etishdagi huquqlarini
sezilarli darajada cheklagani holda, mehnat natijalarining erkin aylanishinini
istisno etmadi. Demak, tabiiy resurslar emas, balki xo‗jalik faoliyatining
mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy vositalariga aylanishiga qarab mazkur
institutning iqtisodiy asosi nuray boshladi. Lekin bu noiqtisodiy majburlashga
asoslangan hokimiyat o‗z mavqeini osongina bo‗shatib berganligini anglatmaydi.
Ko‘p pag‘onali mulkchilik instituti o‗z shaklini o‗zgartirdi. Tarixga ushbu
o‗zgarishning ikkita yo‗nalishi ma‘lum: totalitar va byurokratiya mulkchiligi.
9.
Totalitar mulkchilikka sobiq SSSRda mavjud bo‗lgan «davlat mulkchiligi»
instituti yaqqol misol bo‗ladi.
Totalitar mulkchilikka mos keluvchi rejali-taqsimlash iqtisodiyotida xo‗jalik
yurituvchi sub‘yektlar o‗zlariga biriktirilgan mol-mulkka faqat amalda egalik
qilishadi va o‗zlari ishlab chiqargan mahsulotning ham, uni sotishdan olingan
186
mablag‗larning ham egasi hisoblanmaydi. Totalitar mulkchilikning asosiy
xususiyatlari:
hokimiyat va mulkning ajratilmasligi;
ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi;
mehnat sharoitlarining xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar o‗rtasida
markazlashgan tarzda qayta taqsimlanishi;
ishlab chiqaruvchining o‗zi Еtishtirgan mahsulot va uni sotishdan
olinadigan daromadni tasarruf etish huquqidan mahrum etilishi;
mehnat sharoitlarini markazlashgan rejalashtirish mexanizmi
yordamida takroriy yaratish.
9. Byurokratiya mulkchiligi ko‗p pag‗onali mulkchilik rivojlanishining
tabiiy mahsuli hisoblanadi. Ishlab chiqarish emas, balki qayta taqsimlash katta
miqdordagi pullarni paydo qiladi. Uning asosiy xususiyatari:
a) mulkchilik huquqlarini himoya qilishning samarali tizimi mavjud
emasligi;
b) resurslar va mahsulotlarni qayta taqsimlash jarayonida amaldorlar
ishtirokining qonunchilikda belgilangan imkoniyati;
v) narxlar va tariflarning byurokratik tartibga solinishi;
g) xufyona iqtisodiyotning katta ulushi;
d) mehnat sharoitlarini takror yaratish samarali mexanizmining mavjud
emasligi.
Hokimiyat va mulkning ajralmasligining rasmana tan olinishi bilan xususiy
mulkchilik huquqini buzmasdan qolmaydi. Noiqtisodiy majburlashga asoslangan
hokimiyat mulkdorning erkin irodasiga qaraganda iqtisodiy hayotning muhim
omili hisoblanadi. Hokimiyat tuzilmalarida ishtirok etish orqali beriladigan
imkoniyatlar xo‗jalik faoliyatidan kelib chiqadigan imkoniyatlarga qaraganda
ancha yuqori. Hokimiyaga ega bo‗lgan amaldorlar shaxsiy boylikni ko‗paytirish
uchun hokimiyat imkoniyatidan foydalanishadi. Lekin hokimiyat o‗z egasiga
mulkdan ko‗ra ko‗proq narsani beradi, ularning sa‘y-harakatlari birinchi navbatda
187
hokimiyatni saqlab qolishga yo‗naltirilgan. Hokimiyatni yo‗qotib, ular, odatda,
mulkni ham yo‗qotishadi.