Resurslarni investitsiyalashning an’anaviy sohalaridan yangi
institutlarni barpo etishga yo‘naltirish.
Eski xo‗jalik mexanizmini tugatish, narxni
shakllantirish va soliq solishning yangi usullariga o‗tish, xususiylashtirish
mexanizmlarini yaratish, moliya va bank tizimini tubdan o‗zgartirish – bularning
barchasi resurslarni investitsiyalashning an‘anaviy sohalaridan chetlashtirish bilan
bog‗liq.
2.
Qayta tashkil qilish xarajatlari
. Uning ikkita jihatini farqlash lozim.
Birinchidan, islohotlar jarayonida eski tizimining buzilishi yangi tizimning
samaradorligi namoyon bo‗lgunga qadar yuz beradi. Bozorni egallab olish
bo‗yicha qat‘iy kurashda ishtirok etuvchi ko‗p sonli iqtisodiyot sub‘ekttlarining
faqatgina bir qismi o‗z loyihalarini amalga oshiradi, natijada – jamiyat
yo‗qotishlarga duch keladi. Ikkinchidan, muvozanatga tomon harakatlanish
jarayonida turli sub‘yektlar, shu jumladan davlatning ham, harakatlarining
uyg‗unlashmaganligi. Ushbu jihat islohotchilar tomonidan Еtarlicha baholanmagan
va bu hanuzgacha Еtarlicha o‗rganilmagan.
3.
O‘tish rentasini qayta taqsimlash xarajatlari
. Buyruqbozlik tizimida
jamiyatdagi mavjud resurslarning qat‘iy tartibga solinishi alohida guruhlar uchun
imtiyozlarning paydo bo‗lishiga olib keldi, bu renta daromadi bilan bir xil bo‗ladi.
Ulgurji va chakana narxlar, shuningdek ichki va jahon narxlari o‗rtasidagi farqlar
hisobidan olingan rentaning katta qismi davlatga kelib tushib, turli ijtimoiy
guruhlar o‗rtasida qayta taqsimlandi, ularning kichik qismi esa amaldorlar va
112
xufyona bozor sub‘yektlar tomoniga o‗tdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi ushbu
xildagi renta daromadlari va suiiste‘mol qilish imkoniyatlarining yo‗qolishiga olib
kelishi lozim.
Transformatsiya xarajatlarining turlarini tahlil qilish o‗tish iqtisodiyotiga ega
bo‗lgan mamlakatlarda ularning o‗sishi mexanizmini tushuntirish imkonini beradi:
institutlarning dastlabki sifati qanchalik yomon bo‗lsa, ularni takomillashtirish
uchun shunchalik ko‗p investitsiyalar yo‗naltiriladi; tizim muvozanatdan qanchalik
yiroq bo‗lsa, o‗tish jarayoni shunchalik uzoq davom etadi va tugatish yo‗qotishlari
shunchalik ko‗p bo‗ladi; muvozanatdan yiroqlik o‗tish rentasini qayta taqsimlash
ko‗lamlarining kattaligini, demak u uchun kurashish oqibatida yo‗qotishlar katta
bo‗lishini anglatadi. Ta‘kidlash lozimki, islohotlar xarajatlari va foydasi aholining
turli guruhlari o‗rtasida noteng taqsimlanadi, bu ko‗p jihatdan turli ijtimoiy
guruhlarning o‗zaro hamkorligiga bog‗liq bo‗lgan transformatsiyalar dinamikasida
o‗z aksini topadi.
Hozirgi vaqtda o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan mamlakatlar, shu jumladan
O‗zbekistonda hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan keng
ko‗lamli institutsional o‗zgarishlar munosabati bilan katta hajmdagi
transformatsiya xarajatlari muammosi g‗oyat keskin turibdi. Bu o‗rinda
transformatsiya xarajatlarini qanday qilib qisqartirish mumkin va ularni qisqartirib
bo‗ladimi degan savol tug‗iladi.
Institutsional muhitni sun‘iy ravishda o‗zgartirishda (mavjud institutlarni
o‗zgartirishda yoki mutlaqo yangi institutlarni import qilishda) ko‗p jihatdan ularda
bunday institutlar jamiyat evolyutsiyasi jarayonida shakllangan va muvaffaqiyatli
faoliyat ko‗rsatib turgan mamlakatlar tajribasini puxta o‗rganish transformatsiya
xarajatlarining qisqarishiga ko‗maklashishi mumkin.
Afsuski, transformatsiya xarajatlari muammosiga olimlar va iqtisodchilar
faqat so‗nggi yillarga kelib e‘tibor qarata boshladi va, transformatsiya xarajatlari
o‗tish iqtisodiyoti va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining iqtisodiyot
fanida eng zarur va muhim unsur hisoblanishiga qaramay, ular kam o‗rganilgan
omil bo‗lib qolmoqda.
113
Shu bilan bir qatorda yangi institutlarini tashkil etishning u yoki bu usullari
foydasiga hal etish nafaqat ularning faoliyat ko‗rsatish samaradorligi turlicha
ekanligi tufayli, balki insonlar o‗rtacha chamalangan bahoni chiqarishda
ko‗rsatkichlarni o‗lchashning turli usullaridan foydalanishi sababli ham farq qilishi
mumkin.
Shu nuqtai nazardan transaksiya hamda transformatsiya xarajatlarini
o‗lchash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki transaksiya xarajatlari
ko‗pincha ushbu tarkibiy qismning o‗lchab bo‗linmasligi bilan tavsiflanadi. Ushbu
sohada tadqiqot olib borgan mutaxassislar fikriga ko‗ra, iqtisodiy tahlilga
transaksiya xarajatlarining kiritilishi deyarli barcha hodisalarni transaksiya
xarajatlarini kamaytirish yo‗li bilan erishilgan samaradorlik nuqtai nazaridan
izohlash imkonini bergan bo‗lar edi. Transaksiya xarajatlarini o‗lchash imkonini
beruvchi usullarning ishlab chiqilishi ushbu sohada erishilgan samarali qadam
bo‗ldi.
Tahlillarga ko‗ra, o‗lchash muammosini shartnomalar tuzishning turli
usullaridagi transaksiya xarajatlarini taqqoslash yo‗li bilan hal etish mumkin.
Boshqaruvning muqobil aniq (mavjud) tuzilmalarini taqqoslashni ko‗pincha
murakkab matematik apparatni qo‗llamasdan yoki chegara qiymatlarni hisoblab
chiqmasdan turib amalga oshirish mumkin. Ikkita qiymatning bir biriga mos
kelmaganligini ko‗rsatib berish uchun ushbu qiymatlarning chegara qiymatlari
tengligiga erishiladigan sharoitlarni aniqlashdagi kabi nozik va murakkab usullar
talab etilmaydi.
Ayrim iqtisodchilar har bir muayyan holatda xarajatlarni aniq tafsirlashni
taklif etadi, masalan, bir holatda – bu xususiy tadbirkorlikni tashkil etish xarajatlari
(tadbirkorlik shaklini ro‗yxatdan o‗tkazish, litsenziya olish va h.k.), ikkinchi
holatda mulkiy huquqlarning harakatini ta‘minlovchi xarajatlar, uchinchi holatda
shartnomalarni tuzish va himoyalash bilan bog‗liq xarajatlar, to‗rtinchi holatda
korxona ichida qarorlar qabul qilish bilan bog‗liq xarajatlar bo‗lishi mumkin va
h.k.
114
Transaksion yondashuvni qo‗llashdagi o‗ziga xos murakkabliklar shundan
iboratki, ayrim transaksiya xarajatlari ushbu turdagi xarajatlarning paydo
bo‗lishiga olib kelgan transaksiyalarning mavjud emasligi tufayli tafsirlanishi va
hisoblab chiqilishi mumkin emas. Bunday xarajatlarning ushbu turlari ―virtual
xarajatlar‖, deb ataladi.
|