Demokratik tamoyillar – hokimiyat va boshqaruv organlari chiqargan
qarorlardan xalqning xabardorligi; ushbu qarorlar bajarilishi ustidan xalqning
nazorati, qonun va qarorlarni qabul qilishda xalqning ishtiroki tamoyilidir.
Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq,
bajarmoq)
– ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni
sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini
kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‗paytirish.
Diversifikatsiya – tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo‗lib bunda
tavakkalchilik (yo‗qotishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki,
tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib
olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi. Masalan, 2 ta mahsulotga
bo‗lgan talabni bir vaqtda kamayib ketish ehtimolidan ulardan bittasiga talabni
kamayib ketish ehtimoli yuqori.
Diversifikatsiya – yuqori qo‗shilgan qiymat o‗sish dinamikasini
ta‘minlaydigan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshish va kengayish
jarayonidir. Diversifikatsiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan
modernizatsiya va tarkibiy o‗zgarishlar bilan bevosita uyg‗unlashgan hodisasidir
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish
asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish
uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – nima va qancha ishlab chiqarishni qaЕrga,
qanday bahoda sotishni tadbirkorning o‗zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha
sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning
234
erkinligi va mustaqilligini ta‘minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun
barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.