226
an
korxona
va
ob‘yektl
ar soni
Xususiyl
ashtirish
dan
tushgan
pul
mablag‗l
ari, mln
so‗m
23028,6
39217,8
32052,8
44149,
2
87982,1
103243,8
164818,0
228281
,2
2017 yilda esa 542 ta davlat korxonasi va ob‘yektlari xususiylashtirildi va
davlat tasarrufidan chiqarildi. Xususiylashtirilgan ob‘yektlarning 341 tasi (62,9%)
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, Sog‗liqni saqlash vazirligiga-66 tasi
(12,2%),Xalq ta‘limi vazirligiga -58 tasi (10,7%), Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirligiga- 16 tasi (3%), Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligiga-11 tasi (2%), Navoiy
tog‗ kon metallurgiya kombinati davlat korxonasiga- 10tasi (1,8%)
tegishlidir.Xususiylashtirishdan tushgan mablag‗lar 228,3 milliard so‗mni tashkil
etdi
1
.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi
―Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini
oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida ―gi PQ-2895-son Qarorida qayd etib o‗tilganki,
mamlakatimizning mustaqil rivojlanishi davrida mulkni xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish bo‗yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat
ob‘ekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o‗rta korxona xususiy mulk qilib sotildi.
Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko‗prog‗i,
sanoat ishlab chiqarishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi
1
Социально-экономическое положение Республики Узбекистан за 2017 год.-Т., Госкомстат, 2018.-
С.91.
227
to‗g‗ri kelmoqda. Ammo shu bilan birga, tanqidiy tahlillar shuni ko‗rsatmoqdaki,
bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi
1
.
Xususan,
respublika
mintaqalaridagi
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan
korxonalarning
mulkdorlari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va
korxonalarni
uzoq
muddatli
rivojlantirish
bilan
shug‗ullanmayotgani,
ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni tiklamayotganligi va ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarining raqobatdoshligini ta‘minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni
joriy etmayotganligini ko‗rsatmoqda. O‗tkazilgan xatlov natijalariga ko‗ra,
avval
xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabelli va zarar
ko‗rayotgan kam quvvatli xo‗jalik sub‘yektlari, shu jumladan, mingdan ortiq
ishlamayotgan
hamda
deyarli
bo‗sh
yotgan
ob‘yektlar,
samarasiz
foydalanilayotgan Еr uchastkalari va ishlab chiqarish xonalari aniqlangan
2
.
Mazkur qarorga muvofiq xususiy mulkchilik
va tadbirkorlikni
rivojlantirish bo‗yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirishni, xususiylashtirilgan
korxonalar negizida amalga oshirilayotgan loyihalarni tizimli va manzilli qo‗llab-
quvvatlashni tashkil etish, shuningdek, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
vakolatli organlar faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirishni ta‘minlash
maqsadida:
O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasining faoliyatini
unga yuklatilgan
vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish;
xususiylashtirilgan korxonalarning reЕstrini joriy etish bo‗yicha chora-
tadbirlarni o‗z vaqtida va to‗liq hajmda amalga oshirish, ular faoliyatining doimiy
monitoringi va tahlilini olib borish;
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Хусусийлаштирилган корхоналар билан ишлаш
самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида ―ги ПҚ-2895-сон Қарори, 2017 йил 18
апрель // Халқ сўзи, 2017 йил 19 апрель.
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Хусусийлаштирилган корхоналар билан ишлаш
самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида ―ги ПҚ-2895-сон Қарори, 2017 йил 18
апрель // Халқ сўзи, 2017 йил 19 апрель.
228
xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va faoliyat samaradorligini oshirish
bo‗yicha «yo‗l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga
oshirishni tashkil etish,
shuningdek, «yo‗l xaritalari»ni amalga oshirish bilan bog‗liq masalalar bo‗yicha
vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari va boshqa
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
biznes-rejalar
ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik,
menejment, moliya boshqaruvi masalalari va boshqa fanlar bo‗yicha
xususiylashtirilgan korxonalar rahbarlari va ishlab chiqarish-texnik xodimlari
uchun doimiy faoliyat yuritadigan o‗quv kurslarini tashkil etishga yo‗naltirilgan
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‗qitish respublika markazi va uning hududiy
filiallarini barpo etish hamda ular faoliyatini samarali tashkillashtirishni
ta‘minlash;
O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasining kadrlar
salohiyatini mustahkamlash,
qo‗mita kadrlarini tizimli ravishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi
oshirilishini tashkil etish vazifalari belgilangan
1
.
Dostları ilə paylaş: