2–misol. Biznesni tashkil etish aksiyadorlik shaklining mutlaq afzalligi to„g„risidagi fikr to„g„rimi? a) ha;
b) yo‗q.
Javob: b), biznesni tashkil etish u yoki bu shaklining afzalligihamma
vaqt nisbiy bo‗lib, biznesning tavsiflariga va taqqoslash mezonlariga,
masalan, boshqa tashkiliy muqobil variantlar doirasida transaksiya
xarajatlarining miqdoriga bog‗liq.
3–misol.Ro„yxatdan davlatning subinstitutlarini tanlang (ya‟ni davlat bajaradigan funksiyalarni bajarishga qodir bo„lgan tashkiliy tuzilmalar): a) tadbirkor;
b) aksiyadorlik jamiyati;
v) klan (oilaviy-qarindoshchilik aloqalariga asoslangan tuzilma);
210
g) universitet.
Javob: g), ishonchni xususiy qozonishga yo‗naltirilgan tashkilotlar
davlatning
substitutlari
hisoblanadi.
Ushbu
tuzilmalar
doirasida
munosabatlarni gavdalantirish axborot almashishning narxdan boshqa
kanallaridan, masalan, shaxsiy nufuzdan foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, shaxsiy nufuz shartnomalar bajarilishiningkafolati rolini ham
o‗ynashi mumkin.
KЕYSLAR Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishi .
Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishiga ishbilarmonlik madaniyati
katta ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va Tay-
vanning oilalar, davlat tuzilmalari, mintaqaviy hamjamiyatlar bilan uzviy
bog‗lanib ketgan tarmoq bizneslari G‗arb kompaniyalariga ichki va xalqaro
bozorlarda jiddiy raqobat ko‗rsatishga qodir. Sharq bilan raqiblik ham, hamkorlik
ham G‗arb kompaniyalarini huddi yapon keyretsulariga o‗xshash «keyretsu»ni
tashkil qilgan holda Sharq keyretsulari tuzilmasiga taqlid qilishga majbur etdi.
Norasmiy kelishuvga tayangan holda bunday tarmoqlar sa‘y-harakatlarni samarali
muvofiqlashtiradi va bozorning katta qismini nazorat qiladi. Munosabatlarni
saqlab turishga yo‗naltirilgan Sharq ishbilarmonlik madaniyati yangi sharoitlarda
ko‗pincha vazifaga yo‗naltirilgan AQSh ishbilarmonlik madaniyatiga qaraganda
raqobatbardosh
hisoblanadi. O‗zbekiston
ishbilarmonlik
madaniyatini
munosabatlarni saqlab turishga yo‗naltirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining
o‗ziga xos xususiyati O‗zbekistonda bunday norasmiy aloqalarni rivojlanishning
muhim shartiga aylantiradi.
Savollar: Vertikal va gorizontal keyretsularni quyidagi parametrlar bo‗yicha
taqqoslang:
-axborotoqimlari;
-tovarlar va xizmatlar oqimlari;
-nufuzni shakllantirish
.
211
Madaniy o‗ziga xos xususiyatlarishbilarmonliktarmoqlarining shakllanishiga
qanday ta‘sir ko‗rsatadi
?