Muallima: O’rta maktabdanoq maxsus darslarda oila haqida ko’p gapiriladi. Lekin ta’siri juda kam. Negadir qizlarimiz oila qurishga nikoh o’qitayotganlarida o’z og’izlari bilan roziliklarini bildiradilar-u, tasavvurida esa to’ydan narisini ko’rolmaydilar. Ko’pchilik qizlar oila qurishni o’zlarining zeb-ziynatlari, yangi kiyim-sarpolarining ko’payishi deb tushunadilar. Oila qurish qizlar zimmasiga juda katta vazifa, burch yuklashini tushunib yetmaydilar. To’ydan so’ng ana shu burch va vazifalar birinchi o’ringa chiqa boshlashi bilan oila ham qumga qurilgan imoratdek sochilib ketayapti.
Ona: Oila ikki kishining payvandidir. Lekin baribir og’irlik ayolda. Qizlarining onasi turmushda shu qadar qiyinchiliklarning tabiiyligini tushuntirishlari kerak. Ichga yutgan yuzaga chiqadi axir bir kun...
Demak, oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasida o’rganilgan tarixiy, ilmiy, adabiy manbalar shuni ko’rsatadiki, kelajakda oilalarning mustahkamligini ta’minlash uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
Balog’at ostonasida turgan qiz bolalar o’rtasida munosabatlarni to’g’ri shakllantirish;
Qiz bolalarda o’zaro hurmat, beg’araz do’stlik, samimiy hamkorlik tuyg’ularini shakllantirish;
Qiz bolalarni jismonan baquvvat, sog’lom, madaniyatli qilib tarbiyalash, tinch-totuv oila qurishga tayyorlash
Qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashda asrlar sinovidan o’tgan xalq pedagogikasining yutuqlaridan oqilona foydalanish;
Oilada qiz bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalariga e’tiborni kuchaytirish;
Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish;
Bu borada pedagogika-psixologiya, oilashunoslik fanining yutuqlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
bobga xulosa
Xalqimiz azaldan Ona zotiga, xotin-qizlar sha’niga doimo yuksak ehtirom ko’rsatib, ularning tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratgan. Qizlarga bo’lgan hurmat, ularga bo’lgan e’tibor- bu avvalo oilaga, jamiyat kelajagiga bo’lgan e’tibor ifodasi hamdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “Yer yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning xotin-qizlarga nisbatan munosabati bilan belgilanadi”, degan hikmatli so’zlarda chuqur ma’no bor.
Hozirgi globallashuv davrida qiz bolalarning tarbiyasini, oilaviy hayotga tayyorligini, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda inson huquqlari, ayniqsa, ayollar huquqlarining himoyasiga, ularning jamiyatdagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Chunki hozirgi kundagi qiz bolalar ertangi kundagi jamiyat yaratuvchisi, farzandlar ya’ni kelajak tarbiyasida muhim o’rin tutadilar.
Tarixiy va ilmiy manbalar hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. Har bir xalq o‘z ma’naviy taraqqiyotida o‘zining turmush tajribalarini, o‘z qarash va g‘oyalarini ma’naviy me’ros sifatida o‘g‘zaki yoki yozma tarzda kelgusi avlodga qoldirgan. Biz o’zimiz uchun kerakli bo’lgan bilimni ijodimiz vaqt sinovida toblangan, tajribalar sinovidan o‘tgan, millat dunyoqrashidan kelib chiqqan o‘lmas durdonalardan o’rganishimiz mumkin. O‘zbek xalqining har bir avlodi xalq ommasining bir necha asrlar mobaynida to‘plagan tarbiya an’analarini qiz bolalarni hayotga va mehnatga tayyorlashda qo‘llab kelgan. Yani, xalq pedagogikasining imkoniyatlaridan amalda foydalangan. Bizning oldimizda esa zamonaviy o‘zbek oilasida o‘quv-tarbiya jarayonida milliy tarbiya madaniyatini qo‘llash uchun ularning imkoniyatlarini aniqlash va foydalana bilish masalasi turibdi. Bu xususida fransuz psixologi E. Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar qiz bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, qiz bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini aytib o‘tadi. Shunday ekan ota-onalar o‘z farzandlariga ijobiy xulq - atvorni namuna qilsa, tarixiy va ilmiy manbalarda yozilgan ilmiy asoslangan va tajribadan o’tgan tarbiyaviy manbalardan foydalana bilsak oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga to’g’ri tarbiyalagan bo’lamiz.
Shuningdek, qiz bolalarda tarixiy va ilmiy manbalarda ifodalangan ijobiy his-tuyg‘ularni va ezgu sifatlarni singdirishga harakat qilsak, qiz bolalarda kitobga nisbatan mehr uyg‘otishga harakat qilsak, farzand tarbiyasida ko‘proq muvaffaqqiyatga erishamiz va ularni jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazgan bo‘lar edik.
Dostları ilə paylaş: |