Bitiruv ishining maqsadi- oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini ilmiy nazariy o`rganish, amaliy jihatdan asoslash.
Bitiruv ishining vazifalari:
1.Oilda qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalash pedagogik-psixologik muammo va ijtimoiy zarurat ekanligini aniqlash.
2.Tarixiy va ilmiy manbalarda oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashning yoritilishini o’rganish.
3. Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalashda oila va jamoatchilik hamkorligi vazifalarini aniqlash.
4 Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalashning shakl va vositalarini aniqlash.
Bitiruv ishining predmeti: oilada qiz bolalar oilaviy hayotga tarbiyalashning mazmuni, shakl va metodlar.
Bitiruv ishining ob’ekti: oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalash jarayoni.
Bitiruv ishining amaliy ahamiyati: 1. Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalash amaliy yordam olishda ma’ruzalar o’qishda, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda, mavzuga oid eshittirish va ko’rsatuvlarda foydalanish mumkin.
2. Bitiruv malakaviy ish materiallari va xulosalariga asoslanib oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalashda milliy g’urur, vatanparvarlik, iymon-e’tiqodlilik kabi sifatlarni shakllantirish hamda oilaning muqaddasligini, uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini, oila sog’lom bo’lsa – jamiyat mustahkam bo’lishini, jamiyat mustahkam bo’lsa – mamlakat barqaror bo’lish tuyg’usini singdirishga xizmat qiladi.
3.Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalashda ota-onalar,qizlar , “Oila psixologiyasi”dan ma’ruza o’qiyotgan o’qituvchilar foydalanishlari mumkin;
Bitiruv ishining tuzilmasi:Ish kirish, uchta asosiy bob, fasllar, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan.
I BOB. OILADA QIZ BOLALARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNINGN NAZARIY ASOSLARI Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash pedagogik-psixologik