Tarbiya jarayoni mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi.
Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi.
Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish.
Tarbiya mazmuni-deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
Jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
Jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos etarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
Madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
Ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
maqsadga yo‘naltirilganligi;
ko‘p qirrali jarayon;
uzoq muddat davom etishi;
uzluksizligi;
yaxlitligi;
variativligi;
natijalarning oldindan aniqlanmasligi;
ikki tomonlamalilik;
Ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;
Ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;
Tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
Faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
Tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;
Tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi (jadalligi);
Tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;
Tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.