Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni korreksiyalash bosqichlari
6-bosqich
Pedagogik refleksiya (pedagogik kuzatish, anketa, test, ota-
onalar va o‘quvchi bilan suhbat asosida ikkilamchi tashxislash)
7-bosqich
Pedagogik strategiya(“Istiqbolli rivojlantirish dasturi”ni ishlab
chiqish negizidanavbatdagi pedagogic vazifalarni belgilash)
O’quvchilarda kuzatiladigan fanlarni o’zlashtira olmaslikni
korreksiyalashda uni keltirib chiqaruvchi sabablarni o’rganish va o’zlashtira
olmaslik darajasini baholash muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda bir qator
metod va metodikalardan foydalanish samarali sanaladi. Masalan
“O’quvchilarning o’quv fanlariga bo’lgan munosabatini o’rganish” anketasi
(N.S.Luskanova), “O’quv fanlarini o’zlashtirishga bo’lgan motivatsiyalarni
aniqlash” anketasi (N.A. shamova), “O’quvchining maktabdagi
muvofaqiyatini aniqlash” anketasi (N.A.Shamova) va shu kabi boshqa metod
va metodikalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Mazkur anketa savollari
orqali biz o’quvchidagi fanlarga bo’lgan qiziqishning darajalarini belgilab
olamiz va shu natijalarga asoslanib korreksiyon ishlarni amalga oshiramiz.
Nazorat savollari.
1. Korreksiya tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. Korreksiyalsh(pedagogik tuzatish) nima?
3. Korreksiyalash jarayonida qanday tamoyillar ustivorlik kasb
etadi?
4. Psixologik-pedagogik tuzatish qanday yo’nalishlarda amalga
oshiriladi?
5. “Fanlarni o’zlashtira olmaslik” tushunchasi qanday ma’noni
anglatadi?
6. “O’zlashtira olmaslik” tushunchasi negzida qanday hodisalar aks
etadi?
7. Fanlarni o’zlashtira olmaslikning asosiy sabablari nimalardan
iborat?
Dostları ilə paylaş: |