30
Piyoz bog‘i yovvoyi piyozlarni saqlab qolishga qaratilgan ta’limiy dastur
maskaniga aylanishi kutilmoqda. Bog‘ ilmiy xodimlarining Xitoy hududlariga
ilmiy ekspeditsiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Osh piyoz — Allium sera. Ko'p yillik o't, poyasi 45—100 sm balandlikda.
Bargining ichi kovak, naysimon. Barglari silindrsimon, yo'g'onligi 8—15 mm.
To'pguli sharsimon. Gulbargchalari oq, yashil tomirli. May-iyul oylarida gullab,
iyulda urug' beradi. Sabzavot o'simligi sifatida ckilib, ho'lligida va pishirilib
iste'mol qilinadi.
Piskom piyozi, tog' piyozi — Allium pskcmcnsc. Ko'p yillik o't, bo'yi 40—150
sm. Barglari 3—6 ta, silindrsimon, eni 2—3 sm, uchi ingichkalashgan. Gullari
niayda, oq. lyun oyida gullab, mevasi avgust oyida yetiladi. Mevasi — ko'sakcha.
I;aqat Toshkent viloyatidagi tog'larda toshli yerlarda, qoyatoshlar yoriqlarida
o'sadi.
Anzur piyozi — Allium stipitatum. Ko'p yillik o't, bo'yi 60—150 sm. Barglari
tasmasimon, cni 2—3 sm, yaprog'i butun, bargining ichi kovak cmas.
Gulbargchalari och binafsha rangli. Piyozi deyarli sharsimon, po'sti qoramtir.
Mevasi — ko'sakcha. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Ikkala tur
ham O'zbckiston „Qizil kitob"iga kiritilgan edi. Lekin tabiatda ko'payganligi
lufayli anzur piyoz „Qizil kitob"dan chiqarilgan.
Dostları ilə paylaş: