material bino ichida ro‗y beradigan jarayonga muvofiq kelishi va bu materiallar jarayon
kechayotgan paytda yuzaga keladigan ta‘sirlarga qarshi reaksiya beradigan xissiyotni
hosil qilishi kerak. Mana shuning uchun ham shinam restoranlarda mijoz vaqtini
o‗tkazishni xog‗laydi, ular tabiiy materiallar – yog‗och, ishlov berilmagan tosh bilan
pardozlanadi. Ko‗chadan ichki fazoviy kenglikka o‗tadigan o‗tish joyining tashkil
etuvchi vestibyullarni tabiiy qo‗pol toshlar bilan pardozlash ayniqsa juda o‗rinlidir, ish
joylarini va auditoriyalarni yengil neytral ton hosil qiluvchi ochiq rangli shtukaturka bilan
pardozlash maqsadga muvofiqdir, shu sababli bunday pardozlangan interyer ish va o‗qish
jarayonida xalaqit bermaydi. Umuman olganda interyerni bezatishda pardozlash va
qurilish materiallaridan foydalanilganda turli materiallarning yagona kompozitsion
yechimda uyg‗un uyg‗unlashuvini topish bosh talab sifatida namoyon bo‗ladi , bunda
ular orasida bosh yetakchi materialga o‗rin ajratiladi.
16. Zinapoyalarning qanday turlari mavjud. Zinapoyalarni loyihalashga qanday asosiy
talablar qo‗yiladi?
Tayanch so`zlar:
ikki marshli, uch marshli, zinapoya maydonchasi, zinalarning soni,
marshning og„maligi, to„siq balandligi
Eng ko‗p qo‗llaniladigan zinapoya turlari:ikki marshli, va uch marshli zinapoyalar.
Zinapoyalarni loyihalashga qo‗yiladigan asosiy talablar:
Dostları ilə paylaş: