Maxtumqulining ijodi nimalardan tashkil topgan?
lirik she'rlar;
liro-epik dostonlar;
g'azallar;
xalqona ohanglarda yozilgan she'rlar;
mumtoz she'riyat yolida bitilgan to'rtlik va muxammaslar;
tarjibandlar.
A) 1, 2, 3, 4, 6
B) 1, 2, 3, 4,5
C) 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5, 6
«Namasan» she'ridagi yor obrazini toping.
A) go'zal qiz
B) Olloh
C) Vatan
D) ona
Maxtumquli qaysi she'rida turkman xalqiga xos g'urur, oriyat, ittifoqlik tuyg‘ulari haqida iftixor bilan yozar ekan, ayni vaqtda turkmanlardagi bunday ma'naviy sifatlar shakllanishida o‘z ijodining ham o'rni borligini ta'kidlaydi?
A) «Namasan»
B) «Adolat yaxshi»
C) «Turkman binosi»
D) «Shoir bolsang, xabar ber»
«Adolat yaxshi» she'ridan olingan quyidagi baytda shoirning qanday insonga munosabati aks etgan?
«... uchramang - kularyuz bo'lmang, Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi». A) baxilga
B) qo'rqoqqa
C) nomardga
D) ochko'zga
Maxtumqulining qaysi she'rida odam yemasa ham to'yadigan diydor, namozning qiyomatga qo'yilishi, oy va kunni bir-biridan a'loroq ekani haqida fikrlar bildiriladi?
A) «Shoir bo'lsang xabar ber»
B) «Adolat yaxshi»
C) «Namasan»
D) «Turkman binosi»