BAHOLASH MEZONI “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan 2021-2022 o`quv yili uchun baholash mezoni
NAZORAT TURLARI 3-4-SEMESTR:
1.1. Har bir semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida 1 marta o‘tkaziladi.
Baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:
Mashg‘ulot turi
Baholashlar soni
Masofaviy topshirganda
Amaliy
2 marta
dl.urdu.uz dagi fanda “Amaliy topshiriq” elementiga topshiriq natijalarini qistiradi
Mustaqil ta’lim
1 marta (referat)
dl.urdu.uz dagi fanda mustaqil ish natijasini belgilangan muddatgacha tizimning “Mustaqil ish elementiga topshiriq natijalarini qistiradi
Mashg‘ulot turi
Baholashlar soni
Masofaviy topshirganda
Oraliq nazorat
1 marta
dl.urdu.uz dagi fanda 5 ta “oraliq topshiriq” elementiga topshiriq natijalarini qistiradi
Yakuniy nazorat
1 marta (3 ta savol)
dl.urdu.uz dagi fanda 1 ta “Yakuniy nazorat” elementiga topshiriq natijalarini qistiradi
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 5 ta topshiriq(shu mavzuga doir misol ham beriladi) ga yozma ish javobi baxosi (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.